Yangiliklar

Texnikum hayotidan so’nggi yangiliklar

2026-yil 5-may kuni 1-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino
nomidagi Jamoat Salomatligi Texnikumida
«Tibbiyot kasbi — inson salomatligi muhofizchisi»
nomli kasbiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Hamshiralik
ishi, Davolash ishi, Farmatsiya, Stomatologiya va
Funksional diagnostika yo’nalishlari o’quvchilari
o’z kasblari oddiy ish emas, balki insonga mehr-shafqat
ko’rsatish, bemorga g’amxo’rlik qilish, uning dardini
yengillashtirish va unga umid bag’ishlash kabi ezgu
vazifa ekanini namoyish etdi.

2026-yil 27-mart kuni Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat Salomatligi Texnikumida O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-martdagi 82-sonli
qaroriga asosan «Navro’zni ulug’lash — insonni ulug’lash»
nomli Navro’z bayrami dasturi ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Bayram davomida milliyligimizni aks ettiruvchi milliy
taomlar, milliy kiyimlar va milliy asbob-uskunalar
ko’rgazmasi tashkil etildi. Bayram tadbirida faol
ishtirok etgan o’qituvchi va o’quvchi yoshlar qimmatbaho
sovg’alar bilan taqdirlandi. O’quvchilar tomonidan
milliy urf-odatlarimizni va turli millat vakillarining
hamjihatligini aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari
tayyorlanib, konsert dasturi va milliy sport o’yinlari
— arqon tortish musobaqalari texnikum o’quvchilariga
bayram kayfiyatini bag’ishladi.

Beruniy tuman 2-son texnikumida oʻquvchilarni suniy intelekt bilan ishlash
va uni tushintirishga qaratilgan toʻgarak tashkil qilish boʻyicha majlis o’tkazildi.

Ko’plab o’quvchilar “Sun’iy intelekt” to‘garagiga jalb qilinganligi va sun’iy
intelekt o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatlarga ega bo’lishdi.

Texnikum talabalari turli yo’nalishlar bo’yicha
innovatsion startup g’oyalarini ishlab chiqdi.
Talabalar o’z loyihalarini mutaxassislar oldida
muvaffaqiyatli taqdim etishdi.

Texnikumda informatika va sun’iy intellekt
olimpiadasiga tayyorlash uchun zamonaviy
kompyuter xonasi tashkil qilindi. Xona
internet tarmog’iga ulangan zamonaviy
kompyuterlar bilan to’liq jihozlangan.

Savollaringiz bormi? Biz yordam berishga tayyormiz!