2026-yil 5-may kuni 1-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino
nomidagi Jamoat Salomatligi Texnikumida
«Tibbiyot kasbi — inson salomatligi muhofizchisi»
nomli kasbiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Hamshiralik
ishi, Davolash ishi, Farmatsiya, Stomatologiya va
Funksional diagnostika yo’nalishlari o’quvchilari
o’z kasblari oddiy ish emas, balki insonga mehr-shafqat
ko’rsatish, bemorga g’amxo’rlik qilish, uning dardini
yengillashtirish va unga umid bag’ishlash kabi ezgu
vazifa ekanini namoyish etdi.