O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-5812
farmoni asosida qayta tashkil etilgan Ibn Sino
nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 1560
o’rinli, 7 kafedrali zamonaviy o’quv muassasasidir.
140 dan ortiq tajribali o’qituvchi 1325 nafar
talabaga sifatli tibbiy ta’lim beradi.
Talabalar uchun barcha yo’nalishlar bo’yicha
trening zallari, laboratoriyalar va zamonaviy
kompyuter xonalari mavjud.
Texnikum bitiruvchilari respublika bo’yicha
davolash va profilaktika muassasalarida amaliyot
o’tash imkoniyatiga ega.